Peter Falk
Aktyor16-sentyabr 1927 — 23-iyun 2011

Peter Falk

New York City, New York, USA
Emmi1972
Oltin globus
8ish TOMO’da
3yirik mukofot
8.3eng yuqori: Columbo

Biografiya

Piter Maykl Falk (1927-yil 16-sentyabr — 2011-yil 23-iyun) — amerikalik aktyor. U NBC/ABC telekanallarining «Kolumbo» (1968–1978, 1989–2003) serialidagi leytenant Kolumbo roli bilan tanilgan. Ushbu roli uchun u to'rt marta «Primetime Emmy» (1972, 1975, 1976, 1990) va «Oltin globus» (1973) mukofotlarini qo'lga kiritgan. 1996-yilda «TV Guide» jurnali Falkni barcha davrlarning 50 ta eng buyuk serial yulduzlari ro'yxatida 21-o'ringa loyiq ko'rdi. 2013-yilda uning nomi Gollivud shon-shuhrat xiyobonidagi yulduz bilan abadiylashtirildi. Falk ilk bor Kolumbo rolini 1968 va 1971-yillardagi ikki soatlik ikkita «Premyera» deb nomlangan telefilmlarda gavdalantirgan. Shundan so'ng mazkur serial 1971–1978-yillarda «The NBC Mystery Movie» loyihasi doirasida, 1989–2003-yillarda esa ABC telekanalida namoyish etilgan. Falk «Qotillik, korporatsiyasi» (1960) va «Mo'jizalar cho'ntagi» (1961) filmlari uchun ikki marotaba «Oskar» mukofotining «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor» nominatsiyasiga da'vogar bo'lgan. 1962-yilda esa «The Dick Powell Theatre» dagi ijrosi uchun o'zining ilk «Emmy» mukofotini olgan. U bir yilda ham «Oskar», ham «Emmy» mukofotlariga nomzod etib ko'rsatilgan tarixdagi ilk aktyor bo'lib, bu natijani ikki bor (1961 va 1962-yillarda) takrorlagan. Shuningdek, u «Bu qaltis, qaltis, qaltis, qaltis dunyo» (1963), Frenk Sinatra bilan birga «Robin va 7 qaroqchi» (1964), «Buyuk poyga» (1965), «Ansio» (1968), «O'lim bilan qotillik» (1976), «Arzon detektiv» (1978), «Brinks ishi» (1978), «Quda-andalar» (1979), «Malika kelin» (1987), «Istak qanotlari» (1987), «O'yinchi» (1992) va «Keyingi» (2007) kabi ko'plab filmlarda suratga tushgan.

Eng mashhur ishlari

Filmografiya (8)