Pavel Landovský
Aktyor11-sentyabr 1936 — 10-oktyabr 2014

Pavel Landovský

Havlíčkův Brod

Biografiya

Pavel Landovský (1936-yil 11-sentabr – 2014-yil 10-oktabr) — chex aktyori, dramaturg va rejissyor. Sobiq Chexoslovakiyada kommunistik tuzumga qarshi chiqqan taniqli dissidentlardan biri. Nemetskiy-Brod shahrida tugʻilgan. Pragadagi Teatr fakultetida tahsil olgan va keyinchalik Teplits, Shumperk, Klatovi hamda Pardubitse shaharlaridagi teatrlarida faoliyat yuritgan. Uning ilk pyesasi – "Hodinový hoteliér" 1969-yilda sahnalashtirilgan. 1971-yilda kommunistik hukumat uning kino va televideniyedagi faoliyatini taqiqlab qoʻydi. Shunga qaramay, u teatrda ishlashda davom etdi. Landovský "Xartiya 77" inson huquqlari petitsiyasining asoschilaridan biri boʻlgani uchun teatrda ishlash huquqidan butunlay mahrum etildi. Maxfiy politsiya (StB) tomonidan doimiy taʼqib qilingan va 1978-79-yillardagi qishda kaltaklanib, oyogʻi sindirilgan. Xavfsizligini oʻylab mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan aktyor Avstriyaning Vena shahridagi Burgtheater truppasidan taklif olib, u yerga koʻchib oʻtdi. 1989-yilgi "Baxmal inqilob"dan soʻng, 1990-yil yanvarida Pragaga qaytdi. U yerda doʻsti Vatslav Gavelning 16 yil avval yozilgan "Audience" pyesasida bosh rollardan birini ijro etdi. Spektakl rejissyori Jirji Menzel edi. Landovský 2014-yil 10-oktabrda Kytin shahrida 78 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

Eng mashhur ishlari