Biografiya
Paul Campbell – Yamikaning eng mashhur zamonaviy kino va teatr aktyorlaridan biri. U Yamikada radioboshlovchi sifatida ham tanilgan. Ijodiy faoliyati Yamikadan tashqari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Afrika mamlakatlarida ham e'tirof etilgan. U Palm Picture'ning Lunatic, Dancehall Queen va Yamikaning eng yuqori daromad keltirgan filmi Third World Cop kabi kartinalardagi bosh rollari bilan shuhrat qozongan. Shuningdek, Jamaica Beat, Wide Sargasso Sea va Shottas kabi filmlarda suratga tushgan. Televideniyeda Entry Denied, Final Verdict, Country of the one-Eyed God va Salome kabi loyihalarda, teatrda esa Intermission, Flame Heart, Checkers, The Mikado, White Witch of Rose Hall, Foreign Mind, Masquerade va Mansong spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. Buyuk Britaniya va AQSHda BBC telekanalining "Catch A Fire" loyihasida, shuningdek, Nine Nights, Whiplash, Jumbie Jamboree kabi sahna asarlarida ishtirok etgan.
Filmografiya (1)
Mad Max
