
Biografiya
Patrick Ness (1971-yil 17-oktyabr) – amerikalik-britaniyalik yozuvchi, jurnalist, lektor va ssenariynavis. AQSHda tug‘ilib, Londonga ko‘chib o‘tgan va ikki davlat fuqaroligiga ega. U asosan o‘smirlar uchun yozilgan "Chaos Walking" (2008–2010) trilogiyasi va "A Monster Calls" (2011) asarlari bilan mashhur. 2011 va 2012-yillarda "Monsters of Men" hamda "A Monster Calls" asarlari uchun "Carnegie Medal" mukofotiga sazovor bo‘lgan. U ushbu mukofotni ketma-ket qo‘lga kiritgan ikkinchi yozuvchi hisoblanadi. Shuningdek, "A Monster Calls" (2016) filmi ssenariysini yozgan hamda "Doctor Who" serialining "Class" nomli spin-off loyihasini yaratgan.

