
Pablo Trapero
Biografiya
Pablo Trapero 1971-yilda Argentinaning San-Xusto shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda suratga olgan ilk to‘liq metrajli "Mundo Grua" filmi Venetsiya kinofestivalida tanqidchilar mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2002-yilda u "Matanza Cine" prodyuserlik markaziga asos solgan. Uning "El Bonaerense" (2002) filmi Kann, "Familia Rodante" (2004) Venetsiya, "Nacido y Criado" (2006) esa Toronto kinofestivallarida namoyish etilgan. Uning 2008-yilgi "Leonera" filmi Kann kinofestivalida Martina Gusmanning iste’dodini kashf etgan. Trapero "Carancho" (2010) va "Elefante Blanco" (2012) filmlari bilan Kann kinofestivaliga qaytgan. U ko‘plab nufuzli kinofestivallarda hakamlik qilgan, 2014-yilda Kann festivalining "Un Certain Regard" dasturida hakamlar hay’ati rahbari bo‘lgan. 2015-yilda Fransiya Madaniyat vazirligi tomonidan "San’at va adabiyot ordeni" ritsari unvoni bilan taqdirlangan. "The Clan" filmi uchun Venetsiya kinofestivalida "Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyasida Kumush sher mukofotini qo‘lga kiritgan.


