
Biografiya
Onur Dikmen 1981-yil, 2-iyulda Istanbulda tug‘ilgan. Otasi boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi bo‘lgani uchun bolaligi Shanliurfa qishloqlarida o‘tgan. O‘rta maktabni Tuzla sanoat kasb-hunar litseyida tugatib, keyinchalik Kocaeli universitetida sanoat elektronikasi bo‘yicha tahsil olgan. 2007-yilda Istanbul universiteti davlat konservatoriyasining teatr fakultetini bitirgan. Turkiyaning ko‘plab serial va filmlarida suratga tushgan, shuningdek, turli davlat va xususiy teatrlarda faoliyat yuritgan. 2020-yilda Cihan Saglam rejissyorligidagi «Long Time Ago» filmidagi ijrosi uchun 8-Ipak yo‘li xalqaro kinofestivalida «Eng yaxshi aktyor» mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

