
Norah Jones
Biografiya
Norah Jones (asl ismi Geethali Shankar; 1979-yil 30-martda tug‘ilgan) — amerikalik xonanda, qo‘shiqnavis va musiqachi. 2023-yil holatiga ko‘ra, u butun dunyo bo‘ylab 53 milliondan ortiq musiqa albomlarini sotgan. Billboard nashri uni 2000-yillarning eng yaxshi jazz ijrochisi deb topgan. U o‘n karra «Grammy» mukofoti sohibasidir. 2002-yilda u jazz, kantri, blyuz, folk va pop yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirgan «Come Away with Me» albomi bilan yakkaxon karyerasini boshladi. Ushbu albom 27 million nusxada sotilib, «olmos» sertifikatini oldi va XXI asrdagi yakkaxon ijrochining eng ko‘p sotilgan debyut albomiga aylandi. Mazkur ijod namunasi uchun u «Yil albomi» va «Yil qo‘shig‘i» kabi beshta «Grammy» mukofotini qo‘lga kiritib, bu darajadagi muvaffaqiyatga erishgan janubiy osiyolik ilk inson bo‘ldi. Uning keyingi albomlari — «Feels Like Home» (2004), «Not Too Late» (2007) va «The Fall» (2009) ham millionlab nusxada sotilib, «platina» maqomiga ega bo‘ldi. Norah Jones aktrisa sifatida ilk bor Wong Kar-Wai rejissyorligidagi «My Blueberry Nights» (2007) filmida suratga tushgan. U taniqli hind sitarchisi va kompozitori Ravi Shankarning qizi, Anoushka hamda Shubhendra Shankarlarning singlisidir.
