
Nobuhiro Watsuki
Biografiya
Nobuhiro Watsuki (1970-yil 26-mayda tug'ilgan) — yapon mangasi, samuraylar mavzusidagi mashhur Rurouni Kenshin hamda anime seriallarga aylantirilgan Buso Renkin fantastik seriyasi muallifi sifatida tanilgan. U bir vaqtlar o'zi sevadigan rassom Takeshi Obataning yordamchisi bo'lib ishlagan. O'rta maktabda o'qib yurgan kezlarida Watsuki kendo bilan shug'ullangan. U sport bilan bir qatorda manga chizishni ham davom ettirgan. Watsukining tan olishicha, u bo'yi 183 santimetr bo'lishiga qaramay, jismonan juda ojiz bo'lgan. Watsuki birorta ham kendo musobaqasida g'alaba qozonmagan. Bir gal jamoa a'zosi tartibsizlik keltirib chiqargani uchun chetlatilgach, u asosiy tarkibga kiritilgan. Kendo uning jigariga tegib, oxir-oqibat bu sportni tashlab yuborgan. Rurouni Kenshin uchun yangi qahramon o'ylab topish vazifasi qo'yilganda, u kendodagi xotiralarini Myōjin Yahiko obraziga asos qilib olgan. Nobuhiro Watsuki ijodida ko'plab asarlar mavjud. Maktab davrida u Podmark deb nomlangan mangasi uchun Hop Step mukofotiga sazovor bo'lgan. Mukofotga loyiq ko'rilgan bu asar Watsukining ilk mangasi bo'lib, hali ingliz tiliga tarjima qilinmagan. Keyinchalik u Mashin Bōken Tan Lamp-Lamp (Arabian Genie Adventure Lamp-Lamp) ustida ishlashda yordamchi bo'lgan. Sagara Sanosuke obrazi aynan Lamp asosida yaratilgan. 1994-yilda Weekly Shōnen Jump'da chop etilgan yangi manga dunyo yuzini ko'rdi. Ko'rinishidan, bu Rurouni Kenshin haqidagi ilk manga edi. Bo'sh vaqtlarida Watsuki videoo'yinlar o'ynashni, boshqa mangalarni o'qishni va televizor ko'rishni yoqtiradi.
