Nishikant Kamat
Rejissyor17-iyun 1970 — 17-avgust 2020

Nishikant Kamat

Malvan, Maharashtra, India

Biografiya

Nishikant Kamat – hindistonlik kinorejissyor. Uning ona tili — konkani. Rejissyorning debyut filmi bo'lgan "Dombivali Fast" marathi kinosida katta muvaffaqiyat qozonib, yilning eng yaxshi filmi deb topilgan. U mazkur filmni tamil tilida R. Madhavan ishtirokida "Evano Oruvan" nomi bilan qayta suratga olgan va yuqori baholarga sazovor bo'lgan. U shuningdek, "Saatchya Aat Gharat" marathi filmida aktyor sifatida ham ko'rinish bergan. Bollivuddagi debyuti 2006-yilgi Mumbay portlashlari haqidagi "Mumbai Meri Jaan" filmi bilan boshlangan. "Rocky Handsome" filmida esa salbiy qahramon obrazini gavdalantirgan.

Filmografiya (1)