
Nick Mason
Biografiya
Nicholas Berkeley «Nick» Mason (1944-yil 27-yanvar) — britaniyalik barabanchi va qo'shiqnavis, «Pink Floyd» guruhidagi faoliyati bilan mashhur. U 1965-yilda guruh tashkil topganidan beri uning tarkibida qolgan yagona doimiy a'zodir. Mason guruhning kam sonli qo'shiqlari muallifi bo'lsa-da, «Echoes» va «Time» kabi eng mashhur kompozitsiyalarida hammualliflik qilgan. Mason «Pink Floyd»ning barcha albomlarida ishtirok etgan yagona a'zodir. 2010-yil holatiga ko'ra, guruh butun dunyo bo'ylab 250 milliondan ortiq, jumladan, AQSHda 74,5 million nusxa albom sotgan. U «Le-Man 24 soati» kabi avtopoyga musobaqalarida ham qatnashadi. 2012-yil 26-noyabrda Mason Vestminster universiteti tomonidan faxriy doktor unvoni bilan taqdirlangan (1962–1967-yillarda universitetning o'tmishdoshi bo'lgan Regent Street Polytechnic institutida arxitektura bo'yicha tahsil olgan).
