
Biografiya
Nhung Hong (2002-yilda Vetnamning Xanoy shahrida tugʻilgan) — germaniyalik aktrisa. U Vetnamda tugʻilib, ikki yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtgan va Anklam shahrida ulgʻaygan. Atigi sakkiz yoshida Fritz-Reuter-Ensemble jamoasiga qoʻshilib, raqs, akrobatika va aktyorlik boʻyicha ilk tajribasini orttirgan. 2020-yilda Anklam shahridagi Lilienthal-Gymnasium'ni tamomlab, dastlab tibbiy fizika yoʻnalishida oʻqishni rejalashtirgan. Sobiq yigiti Ole Koehler orqali kino va televideniye olami bilan tanishgan va oʻqishni tugatgach, oʻzining ilk rolini mukofotlarga sazovor boʻlgan *Druck* serialida ijro etgan. U beshinchi mavsumdan boshlab ushbu loyihada Kieu My Vu rolini gavdalantirib kelmoqda. Shundan soʻng *Ein Taxi zur Bescherung* kabi qator kino va televideniye loyihalarida suratga tushgan. 2025 yilda *Mädchen Mädchen* filmida rol oʻynab, toʻliq metrli kinosida debyut qildi, koʻp oʻtmay *Zweigstelle* filmida ham koʻrinish berdi. Nhung Hong Berlinda yashaydi.
