
Aktyor
Neil deGrasse Tyson
5-oktyabr 1958 · 67 yosh Manhattan, New York City, New York, USA
2ish TOMO’da
9.2eng yuqori: Kosmos (2014)Biografiya
Neil deGrasse Tyson (1958-yil, 5-oktabr) — amerikalik astrofizik va fan targ‘ibotchisi. Ayni paytda u Tabiiy tarix Amerika muzeyidagi astrofizika departamentida ilmiy xodim hamda Rouz nomidagi Yer va koinot markazining Xeyden planetariysi direktori lavozimlarida ishlaydi. 2006-yildan beri PBS telekanalida "NOVA scienceNOW" ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvini olib boradi. Shuningdek, "The Daily Show", "The Colbert Report" va "Jeopardy!" kabi mashhur shoularning tez-tez mehmoni bo‘lib turadi. 2011-yil avgustida Karl Saganning "Cosmos: A Personal Voyage" serialining yangi qismlariga boshlovchilik qilishi e’lon qilindi.

