
Biografiya
Im Na-yeon (1995-yil 22-sentyabrda tug'ilgan), ijodiy nomi Nayeon — Janubiy Koreyalik xonanda, JYP Entertainment vakili. U TWICE qizlar guruhining a'zosi hisoblanadi. 2022-yil iyun oyida o'zining debyut "Im Nayeon" mini-albomini chiqargan. Ushbu albom Circle Album Chart reytingida birinchi o'rinni egalladi va AQSHning Billboard 200 chartida yettinchi o'ringa ko'tarildi, bu esa uning chartning kuchli 10taligiga kirgan birinchi janubiy koreyalik yakkaxon ijrochi bo'lishini ta'minladi. Albomning yetakchi "Pop!" singli oltita mamlakatda top-10 talikka kirdi.

