
Mousumi
Biografiya
Arifa Pervin Zaman — sahna nomi Moushumi bilan tanilgan bangladeshlik kinoaktrisa va rejissyor. U 1990 va 2000-yillardagi ijodi bilan tanilgan. 1993-yilda ekran yuzini ko'rgan «Keyamat Theke Keyamat» uning debyut filmi bo'lgan. Shundan so'ng u «Ontare Ontare», «Dola», «Sneho», «Bishwo Premik», «Goriber Rani», «20 Bochor Por», «Swajan», «Denmohor», «Adorer Sontan», «Khuda», «Sukher Ghore Dukher Agun», «Muktir Songram», «Bidrohi Bodhu», «Luttoraj», «Priyo Shotru», «Kosto», «Ondho Bhalobasha», «Ulka», «Rongin Rangbazz», «Ruposhi Rajkonna» va «Meher Nigar» kabi ko'plab kartinalarda suratga tushgan. 2000-yillarda «Matritto», «Dojjal Shashuri», «Khairun Sundori», «Kokhono Megh Kokhono Brishti», «Ammajan», «Molla Barir Bou», «Meghla Akash» (2001), «Shotru Shotru Khela», «Tui Jodi Amar Hoiti Re», «Sonar Moyna Pakhi», «Kukkhato Khuni», «Baba Amar Baba» va «Golapi Ekhon Bilatey» filmlari aktrisaning shuhratini yanada oshirdi. 2009-yildan keyin ish hajmini biroz qisqartirgan aktrisa «Taarkata», «Dui Purush», «Chittagainga Powa Noakhailla Maiya», «Ek Cup Cha», «Kichhu Asha Kichhu Bhalobasha», «Ami Neta Hobo» va «Shaheb Namer Golam» kabi filmlarda ikkinchi darajali rollarni ijro etdi. Moushumi «Meghla Akash» (2001), «Devdas» (2013) va «Taarkata» (2014) filmlaridagi rollari uchun uch karra Bangladesh Milliy kino mukofotiga sazovor bo'lgan. U 265 dan ortiq filmda rol o'ynagan va 2003-yilda «Kokhono Megh Kokhono Brishti» filmi bilan rejissyorlik debyutini qilgan.







