
Mircea Monroe
Biografiya
Mircea Monroe — amerikalik aktrisa va model. Missuri shtatining Sent-Luis shahrida tug'ilgan. Uning ismi ruminiyalik erkaklar ismidan olingan. Otasining ish joyi o'zgargani sababli, u ikki oyligida Tinch okeani janubidagi orollarga ko'chib ketgan. Virdjiniyada o'rta maktabni tamomlab, Los-Anjelesga yo'l olgan. Aktyorlik faoliyatini "Cellular" filmida boshlagan. Keyinchalik "Drive", "Freddie", "Scrubs" va "Studio 60 on the Sunset Strip" kabi loyihalarda suratga tushgan. "The 41-Year-Old Virgin Who Knocked Up Sarah Marshall and Felt Superbad About It" filmida Sarah Marshall obrazini va "The Black Waters of Echo's Pond" dahshatli filmida Veronique rolini ijro etgan. 2004-yilda Maxim jurnalining muqovasida chiqqan. Hozirda Showtime kanalining "Episodes" serialida suratga tushmoqda.




