
Michelangelo Frammartino
Biografiya
Michelangelo Frammartino 1968-yilda Milanda, kalabariyaliklar oilasida tug‘ilgan. 1991-yilda Milan politexnika universitetining arxitektura fakultetiga o‘qishga kirgan. 1994–1997-yillarda Milan kino maktabida (Civica Scuola del Cinema) tahsil olib, u yerda video-art instalyatsiyalarini yaratgan hamda filmlar va kliplar uchun rassom-dekorator bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u bir nechta qisqa metrajli filmlar suratga olgan: "Tracce" (1995), "L'Occhio e lo Spirito" (1997), "BIBIM" (1999), "Scappa Valentina" (2001), "Io Non Posso Entrare" (2002). Uning ilk to‘lametrajli "Il Dono" filmi 2003-yilda Lokarno kinofestivalida namoyish etilgan. Keyingi “Le Quattro Volte” (2010) filmi Kann kinofestivalining "Rejissyorlar ikki haftaligi" dasturiga tanlab olingan va "Label Europa Cinema" mukofotini qo‘lga kiritgan. 2005 yildan buyon Bergamo universitetida kinoijodkorlik fanidan dars beradi. 2013-yil dekabr oyida Kalabriya universitetida mahorat darsini o‘tgan. Uning 2021-yilda suratga olingan "Il buco" filmi 78-Venetsiya xalqaro kinofestivalining asosiy tanloviga kiritilib, ijobiy baholarga sazovor bo‘ldi va Hakamlar hay'atining maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi.
