
Michael Douglas
Biografiya
Maykl Kirk Duglas (1944-yil 25-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik isteʼfodagi aktyor va kinoobyuser. U ikki karra “Oskar”, besh karra “Oltin globus”, “Emmi” mukofotlari, shuningdek, Sesil B. Demill va AFI umrboqiy muvaffaqiyat mukofotlari egasi. Kirk Duglas va Diana Dillning toʻngʻich oʻgʻli boʻlgan Maykl Santa-Barbardagi Kaliforniya universitetining drama fakultetini tamomlagan. Dastlab teatr, kino va televideniyeda rollar ijro etgan. U ABC telekanalining “The Streets of San Francisco” politsiya serialidagi roli bilan tanilgan boʻlib, bu ijrosi uchun ketma-ket uch marta “Emmi” mukofotiga nomzod boʻlgan. 1975-yilda Ken Kizi romanining huquqlarini otasidan sotib olib, “One Flew Over the Cuckoo's Nest” (“Kakku uyasi uzra parvoz”) filmini prodyuserlik qilgan. Film tomoshabinlar va tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlib, “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qoʻlga kiritdi va prodyuserlardan biri sifatida Duglasga ilk Oskar mukofotini keltirdi. Shundan soʻng u “The China Syndrome” (1979), “Romancing the Stone” (1984, “Oltin globus” mukofoti sovrindori) va “The Jewel of the Nile” (1985) kabi filmlarni suratga oldi. Oliver Stounning “Wall Street” (1987) filmidagi Gordon Gekko roli uchun tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlib, “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini oldi (2010-yilda suratga olingan “Wall Street: Money Never Sleeps” ikkinchi qismida ham shu rolni takrorlagan). Shuningdek, “Fatal Attraction” (1987) va boshqa qator mashhur filmlarda suratga tushgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (30)
Dr. Hank Pym
Sandy Kominsky
Dr. Hank Pym
Eric Lasch
Dr. Hank Pym
Oren Little
Billy Gerson
Alex Coblenz
Gordon Gekko
Pete Garrison
Mr. Thompson
Dr. Nathan Conrad
Robert Wakefield
Steven Taylor
Nicholas Van Orton
Charles Remington
Andrew Shepherd
Tom Sanders
Detective Nick Curran
Oliver Rose
Nick Conklin
Gordon Gekko
Dan Gallagher
Jack T. Colton
Jack T. Colton
Richard Adams
Dr. Mark Bellows





























