
Melodie Johnson
Biografiya
Melodi Jonson Xou (1943-yil 23-oktabrda tug'ilgan) — amerikalik aktrisa va yozuvchi. Kaliforniya universitetida ijodiy yozuvchilik bo'yicha tahsil olgan. 1965-yilda Gollivudda aktrisalik faoliyatini boshlagan. "The Virginian", "It Takes a Thief", "Bewitched" va "Mannix" kabi seriallarda suratga tushgan. U, shuningdek, Don Sigelning "Coogan's Bluff" (1968) filmida Klint Istvud bilan, Richard Kuynning "The Moonshine War" (1970) filmida esa Patrik Makguxan va Richard Vidmark bilan birga kichik rollarni ijro etgan. 1980-yillarning boshida aktrisalik faoliyatini to'xtatgan. Melodi Jonson Xou nomi ostida "Shadow the Mother" (1989) va "Beauty Dies" (1994) nomli detektiv romanlarini chop etgan. 2011-yilda u aktrisalik karyerasini tiklashga urinayotgan Diana Pul haqidagi "Shooting Hollywood" hikoyalar to'plamini, 2013-yilda esa shu qahramonga bag'ishlangan "City of Mirrors" kitobini nashr etgan.
