
Melissa Benoist
Biografiya
Melissa Marie Benoist — amerikalik aktrisa, qo'shiqchi va prodyuser. Uning ilk yirik roli Fox kanalining „Glee“ (2012–2014) musiqiy komediya-dramasidagi Marley Rose obrazi bo'lib, u beshinchi mavsumda asosiy tarkibda suratga tushgan. Aktrisa CBS / CW telekanallarining „Supergirl“ (2015–2021) superqahramonlik serialidagi bosh qahramon hamda „Arrowverse“ franshizasidagi boshqa turdosh loyihalar orqali butun dunyoga mashhur bo'ldi. Benoist shuningdek, „Whiplash“ (2014) psixologik dramasi, „Danny Collins“ (2015) komediya-dramasi, „Band of Robbers“ (2015) kriminal komediyasi, „The Longest Ride“ (2015) romantik vesterni, „Patriots Day“ (2016) jangari trilleri, „Lowriders“ (2016) dramasi va „Sun Dogs“ (2017) komediya-dramalarida suratga tushgan. U Paramount Network telekanalining „Waco“ (2018) mini-serialida sekta rahbari David Koreshning xotini rolini gavdalantirgan. Teatr sahnasida esa Benoist 2018-yilda Brodveyda „Beautiful: The Carole King Musical“myuziklida Carole King rolini ijro etib debyut qilgan.
Filmografiya (3)
Kara Danvers / Supergirl / Kara Zor-El


