
Meghna Gulzar
Biografiya
Meghna Gulzar – hind yozuvchisi, rejissori va prodyuseri. Shoir va qoʻshiqlar muallifi Gulzar hamda aktrisa Raakheening qizi. 1973-yil 13-dekabrda Mumbayda tugʻilgan. U 2018-yilda suratga olingan "Raazi" Bollivud filmi orqali keng tanilgan. 1999-yilda otasi rejissyorlik qilgan "Hu Tu Tu" filmida ssenariynavis sifatida debyut qilgan. Ilk rejissyorlik ishi – "Filhaal..." (2002) dramasi boʻlib, u oʻsha oʻn yillikda katta muvaffaqiyat keltirmagan. Sakkiz yillik tanaffusdan soʻng, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan "Talvar" (2015) filmini suratga oldi. 2018-yilda rejissyorlik qilgan "Raazi" trilleri eng kassabop hind filmlaridan biriga aylandi va bu ijodi uchun "Filmfar" mukofotiga sazovor boʻldi. Keyinchalik "Chhapaak" (2020) nomli biografik dramani suratga olgan.
