
Matthew Del Negro
Biografiya
Matthew Del Negro (1972-yil, 2-avgustda tug‘ilgan) — amerikalik aktyor. Nyu-Yorkning Maunt-Kisko shahrida uch farzandning eng kichigi bo‘lib dunyoga kelgan. Boston kollejini tamomlab, u yerda Division I darajasida lakross o‘ynagan. O‘qishni tugatgach, aktyorlik san’atini o‘rgana boshlaydi. Bir qancha reklama roliklari va mustaqil filmlardagi kichik rollardan so‘ng, “The Sopranos” serialida Brayan Kammarata obrazini gavdalantiradi. Keyinchalik u “The West Wing”, “Law & Order”, “Stargate: Atlantis”, “Las Vegas”, “Beautiful People”, “CSI: Miami”, “CSI: Crime Scene Investigation”, “NCIS”, “Joan of Arcadia”, “Eastwick”, “The Good Wife”, “The Whole Truth”, “Happy Endings”, “Rizzoli and Isles”, “Lie to Me”, “Teen Wolf” va “United States of Tara” kabi loyihalarda suratga tushgan. “Chelsea Walls”, “Ira and Abby” va “Trailer Park of Terror” filmlarida ham ko‘rinish bergan. Shuningdek, teatr sahnasida faoliyat yuritgan. 2011-yilda “SOCOM 4: U.S. Navy SEALs” videoo‘yinida Ops Com personajiga ovoz bergan, keyinchalik “L.A. Noire” va “Mass Effect 3” o‘yinlari ustida ishlagan.


