
Martina Eitner-Acheampong
Biografiya
Martina Eitner-Acheampong (1960-yil 1-iyun, Kotbus) — nemis aktrisasi va teatr rejissyori. U 1981-yili Rostokdagi aktyorlik san'ati oliygohida tahsil ola boshlagan. 1985-yilda ikki yilga Rudolshtadt teatriga ishga o‘tgan. Keyinchalik Rostok oliygohida assistentlik, Berlinning Theater unterm Dach va Orphtheater sahnalarida aktrisalik qilgan. Rejissyor sifatida Vismar qo‘g‘irchoq teatrida faoliyat yuritgan. Rudolshtadtga qaytgach, asosan rejissyor Konsstanse Lauterbax bilan hamkorlik qilgan (masalan, Georg Zeydelning “Karmen Kittel” spektaklida bosh rolni ijro etgan). Greysvald va Teatr Vorpommerndagi faoliyatidan so‘ng, 1991-yilda Leyptsigga ko‘chib o‘tgan va u yerda Lauterbax sahnalashtirgan bir qator spektakllarda bosh rollarni ijro etgan. Leyptsigda Volfgang Engel, Armin Petras va Mattias Brenner bilan ishlagan. Keyinchalik “Feliks Mendelson Bartoldi” nomidagi musiqa va teatr oliygohida dars bergan. 2000–2005-yillarda Boxum teatri ansambli tarkibida bo‘lgan, shuningdek, Tsyurix va Essen teatrlari taklifiga binoan gastrollarda ishtirok etgan. 1991-yildan beri rejissyorlik bilan shug‘ullanadi; Leyptsig, Xaylbronn, Shtutgart, Xalle va Augsburg kabi shaharlarning nufuzli teatrlarida spektakllar sahnalashtirgan.
Filmografiya (3)
Ines Mergentheimer
Erika Burstedt


