
Marcia Gay Harden
Biografiya
Marsiya Gey Xarden (1959-yil 14-avgustda tugʻilgan) — amerikalik kino va teatr aktrisasi. U „Oskar“ va „Toni“ mukofotlari, shuningdek, „Tanqidchilar tanlovi“ va uchta „Praymtaym Emmi“ mukofotlari nomzodligi kabi koʻplab eʼtiroflarga sazovor boʻlgan. U aktrisalik faoliyatini 1980-yillar davomida televideniyeda boshlagan. 1986-yilda ilk bor filmda rol oʻynagan, uning karyerasidagi burilish nuqtasi esa Coen birodarlarning 1990-yilda suratga olingan „Miller's Crossing“ filmi boʻlgan. Keyingi eʼtiborga molik rollari sirasiga „The First Wives Club“ (1996), „Flubber“ (1997) va „Space Cowboys“ (2000) filmlari kiradi. U „Pollock“ (2000) filmidagi Li Krasner roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, „Mona Lisa Smile“ (2003) filmida ikkinchi plandagi rolni ijro etgan. „Mystic River“ (2003) dramatik filmidagi Selesta Boyl roli uchun ikkinchi bor „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻlgan. 2007-yilda bir nechta filmlarda, jumladan, Shon Pennning „Into the Wild“ va Frenk Darabontning Stiven King asari asosida suratga olingan „The Mist“ filmlarida suratga tushgan. Shuningdek, 2007-yilda Alison Istvudning rejissyorlik debyuti boʻlgan „Rails & Ties“ filmida Kevin Beykon bilan bosh rollarni boʻlishgan. Xarden „Home“ (2008) filmida koʻkrak bezi saratoni sababli mastektomiya amalini boshidan kechirgan ayol rolini oʻynagan. („Rails & Ties“ filmidagi qahramoni ham shunday operatsiyani boshidan oʻtkazgandi.) Filmda uning bir sahnada koʻkragini ochishi talab etilgan va yoʻqolgan koʻkrak kompyuter grafikasi yordamida olib tashlangan. „Home“ filmida uning qizi Eulala Scheel ham rol oʻynagan. 2009-yil uning uchun juda sermahsul keldi. U FX telekanalining „Damages“ serialida doimiy qahramonlardan birini gavdalantirdi.
Karyera bir qarashda
Faoliyat davri
1990 — hozirEng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikKo'p birga ishlaydi
Filmografiya (20)
Ruby Knox
Countess Sylvia de Grassi
Lieutenant Lewis
Mrs. Baker
Doris Nelson
Principal Carol Dearden
Brooke Cavendar
Rose Barlow
Billie McCandless
Mrs. Carmody
Diane Powell
Liz Whitewood
Celeste Boyle
Sara Holland
Dr. Samantha Hawkins
Dr. Sara Jean Reynolds
Miss Cheevus

























