Biografiya
María Luisa "Lulú" Garita — Kosta-Rikalik aktrisa, perfomans sanatkori va pedagog. 2025-yilgi Berlinale Talents dasturiga tanlangan Garita Kim Elizondo Navarro rejissyorligidagi "Bye Bye, Paraíso" (2026) filmida Vilma rolini ijro etdi. Málaga kinofestivalining rasmiy tanlov dasturida namoyish etilgan ushbu film uning to‘liq metrajli kinodagi ilk bosh roli bo‘ldi. 2006-yilda sahna faoliyatini boshlagan aktrisa o‘ttizdan ortiq spektakllarda ishtirok etish barobarida perfomans va ovoz ustida ishlashni rivojlantirib keladi. U Kosta-Rika universitetida dramaturgiya va siyosatshunoslik bo‘yicha bakalavr, madaniy loyihalarni boshqarish va tadbirkorlik yo‘nalishida magistr darajasini olgan hamda universitetning Dramatik san’at maktabida aktyorlik mahoratidan dars beradi.
Filmografiya (1)
Maestra
