
Biografiya
Manoj Mitra (1938-yil, 22-dekabr — 2024-yil, 12-noyabr) — hindistonlik teatr, kino va televideniye aktyori, rejissyor va dramaturg. Kalkuttadagi "Scottish Church College"da o'qiyotgan davrida teatrga qiziqib qolgan. Kalkutta universitetida falsafa bo'yicha magistrlik darajasini olgan. U "Sundaram" teatr guruhiga asos solgan va faol ijod qilgan. Rabindra Bharati universitetining drama kafedrasida mudir bo'lib ishlagan. "Bogol Dhiman" pyesasi bilan shuhrat qozongan. "Sajano Bagaan", "Kaalbihongo", "Aswathama" kabi yuzdan ortiq pyesalar muallifi. Shuningdek, 1998-yilda suratga olingan "Hothat Bristy" filmida esda qolarli rol ijro etgan.
