Makbul Mubarak
Rejissyor

Makbul Mubarak

27-fevral 1990 · 36 yosh Indonesia

Biografiya

Makbul Mubarak — kinotanqidchilikdan rejissorlikka o'tgan indoneziyalik ijodkor. 2012-yilgi Berlinale Talent Campus bitiruvchisi. Hozirda Indoneziyadagi kinotanqidchilar, jurnalistlar va olimlarni birlashtirgan “Cinema Poetica” jamoasi hammuassisi va muallifi. Uning faoliyati 2015-yilda Indoneziya Ta'lim vazirligi tomonidan “Eng yaxshi kinotanqidchi” unvoni bilan e'tirof etilgan. U bir qator qisqa metrajli filmlar muallifi. Uning debyut filmi “SUGIH/DOG'S LULABY” (2015) mamlakatdagi eng yirik XXI qisqa metrajli filmlar festivalida bosh mukofotni qo'lga kiritgan. “THE MALEDICTION” (2018) qisqa metrajli filmi Indoneziya milliy mukofotiga sazovor bo'lib, Singapur xalqaro kinofestivalida maxsus e'tirof etilgan. Ayni paytda u TorinoFilmLab dasturiga kiritilgan “AUTOBIOGRAPHY” nomli ilk to'liq metrajli filmi ustida ishlamoqda.

Filmografiya (1)