
Biografiya
Müjde Uzman (1984-yil 26-sentabrda tugʻilgan) oʻz faoliyatini 2001-yildagi "Elite Model Look" tanlovida birinchi oʻrinni egallash bilan boshlagan. Bir necha yil modellik bilan shugʻullangach, Dream TV kanalida "Müzik Haber" va "Happy Hours" dasturlarini olib borgan hamda koʻplab reklama roliklarida suratga tushgan. Aktyorlik faoliyati davomida "Kapali Çarşı", "Paramparça Aşklar", "Akasya Durağı", "Aşk Bir Hayal", "Halil İbrahim Sofrası", "Bir Çocuk Sevdim", "20 Dakika", "Fatih", "Muhtesem Yüzyıl" va "Eşkıya Dünyaya Hükümdar Olmaz" kabi seriallarda, shuningdek, "Recep İvedik 2" hamda "Hadi İnşallah" badiiy filmlarida rol ijro etgan.
