Leo Tolstoy
Ssenariynavis9-sentyabr 1828 — 20-noyabr 1910

Leo Tolstoy

Yasnaya Polyana, Tula Governorate, Russian Empire [now Tula Oblast, Russia]
1ish TOMO’da

Biografiya

Lev Nikolayevich Tolstoy (1828–1910) — dunyo adabiyotining eng buyuk yozuvchilaridan biri sanalgan rus adibi. U 1902–1906-yillarda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga, shuningdek, 1901, 1902 va 1909-yillarda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Aslzoda oilasida dunyoga kelgan adib oʻzining «Urush va tinchlik» (1869) hamda «Anna Karenina» (1878) romanlari bilan realizm adabiyotining choʻqqisi hisoblanadi. Ijodiy faoliyatini yoshlik yillarida boshlagan adib «Bolalik», «Oʻsmirlik» va «Yoshlik» (1852–1856) avtobiografik trilogiyasi hamda Qrim urushi taassurotlari aks etgan «Sevastopol hikoyalari» (1855) asarlari bilan tanilgan. Uning qalamiga oʻnlab hikoyalar, «Ivan Ilichning oʻlimi» (1886), «Oilaviy baxt» (1859), «Hoji Murod» (1912) kabi qissalar, shuningdek, dramatik asarlar va falsafiy esselar tegishli. 1870-yillardagi maʼnaviy inqirozdan soʻng u chuqur diniy va axloqiy oʻzgarishlarni boshdan kechirdi, bu haqda «Eʼtirof» (1882) asarida bayon etgan. Iso Masihning taʼlimotlarini chuqur oʻrgangan Tolstoy xristian anarxizmi va pasifizm tarafdoriga aylandi. Uning zoʻravonlikka qarshi kurash gʻoyalari Mahatma Gandi va Martin Lyuter King kabi 20-asrning yetakchi namoyandalariga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Filmografiya (1)