Lee Jung-jae
Aktyor

Lee Jung-jae

15-dekabr 1972 · 53 yosh Icheon, Gyeonggi-do, South Korea
Emmi2022

Biografiya

Li Jon Je — Janubiy koreyalik aktyor. 1972 yil 15 dekabrda tug'ilgan. U 1993 yilda modellik faoliyatini boshlagan, shundan so'ng "The Young Man" (1994) filmi hamda "Feelings" (1994) va "Sandglass" (1995) teleseriallarida ilk rollarini ijro etgan. Xususan, "Sandglass" o'z davrida 64.5% gacha yuqori reyeynq to'plab, Koreya tarixidagi eng mashhur dramalardan biriga aylangan. uning aktyorlik faoliyatidagi haqiqiy burilish nuqtasi mukofotlarga sazovor bo'lgan "The Affair" (1998) hamda "City of the Rising Sun" (1999) filmlaridagi bosh rollaridan keyin boshlandi. Ikkinchi film unga nufuzli "Blue Dragon" kinofestivalining "Eng yaxshi aktyor" mukofotini keltirdi. Shundan so'ng u "Il Mare" (2000) kabi e'tirofga sazovor bo'lgan kartinalar hamda "Last Present" (2001), "The Last Witness" (2001), "Oh Brothers" (2003) va kassabop "Typhoon" (2005) kabi tijoriy muvaffaqiyat qozongan loyihalarda suratga tushdi. Bir muddat ijodida turg'unlik kuzatilib, omadsiz film va seriallarda qatnashganidan so'ng, u 1960 yilda suratga olingan shu nomdagi lentalarning remeyki bo'lgan "The Housemaid" (2010) dramasi bilan qaytdi va tanqidchilar olqishiga sazovor bo'ldi. Shundan buyon u Koreya kinematografiyasining eng yirik yulduzlaridan biriga aylanib, "The Thieves" (2012), "New World" (2013), "The Face Reader" (2013), "Assassination" (2015), "Operation Chromite" (2016) hamda "Along with the Gods" (2017-2018) kabi mamlakat tarixidagi eng yirik blokbasterlarda bosh rollarni ijro etdi. Ushbu filmlarning aksariyati mahalliy kinoteatrlarda 12 milliondan ortiq tomoshabin to'plagan bo'lib, "The Thieves" (2012) va "Along with the Gods" (2017) o'z namoyish etilgan davrida Koreya tarixidagi eng ko'p tomoshabin yig'gan 2-raqamli filmlarga aylandi. U ko'plab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor bo'lgan.

Eng mashhur ishlari

Filmografiya (11)