Ladan Tabatabaei
Aktyor

Ladan Tabatabaei

Biografiya

Ladan Tabatabaei — Eronning eng mashhur aktrisalaridan biri. 1970-yilda Eronda tug'ilgan. Tehron universiteti Tasviriy san'at fakultetining teatr yo'nalishini tamomlagan. Aktrisalik faoliyatini universitetda talabalar sahna ko'rinishlarida qatnashishdan boshlagan. Avval qo'g'irchoq teatri san'atini o'rgangan, so'ngra ixtisosligini teatr va kino aktrisaligiga o'zgartirib, shu sohaga e'tibor qaratgan. Hali universitetni tamomlamasdanoq, 1994-yilda "Sorena, Luck's Mother" spektolidagi ijrosi uchun "Fadjr xalqaro teatr festivali"ning "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini qo'lga kiritgan. 1995-yilda universitetni tugatib, Ali Zhekaning "Saye be Saye" filmida rol o'ynagan va muvaffaqiyatli ijodiy faoliyatini boshlab yuborgan.