Khuraman Gasimova
Aktyor

Khuraman Gasimova

6-iyun 1951 · 75 yosh Baku, Azerbaijan SSR, USSR [now Azerbaijan]
1ish TOMO’da

Biografiya

Xuraman Qosimova — ozarbayjonlik opera xonandasi va aktrisa. U 1951-yil 6-iyunda Boku shahrida tug‘ilgan. 1975-yilda Boku konservatoriyasini tamomlagan. 1976 yildan Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatri solisti. Uning repertuaridan Fikrat Amirov va Uzeyir Hojibeyov asarlari, shuningdek, jahon klassikasidan Mimi, Muzetta («La bohème»), Dezdemona («Otello»), Aida («Aida») va Tatyana («Yevgeniy Onegin») kabi rollar o‘rin olgan. Talabalik yillaridayoq u « Liftchi qiz», «Men go‘zal emas edim» va «Hayot bizni sinaydi» kabi filmlarda suratga tushgan. Keyinchalik xonandalikda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1981-yilda Afinada o‘tkazilgan Mariya Kallas xalqaro opera tanlovining birinchi mukofotini qo‘lga kiritdi. 1988-yilda Chaykovskiy nomidagi VIII xalqaro tanlabning kumush medali bilan taqdirlandi. 1986-yilda Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u Ozarbayjon Respublikasi Davlat mukofoti va Lenin komsomoli mukofoti laureatidir. 2011-yil 3-iyunda Ozarbayjon Prezidenti tomonidan «Sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.

Filmografiya (1)