
Kevin Williamson
Biografiya
Kevin Meade Williamson (1965-yil 14-martda tug‘ilgan) — amerikalik ssenariynavis va rejissor. U asosan “Scream” franshizasi muallifi sifatida tanilgan. 1995-yilda aktyorlikdagi muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, “Scary Movie” nomli qora komediya va qo‘rqinchli ssenariyni yozadi. Miramax Films tomonidan sotib olingan ssenariy rejissor Wes Craven tomonidan suratga olinadi. “Scream” nomi ostida 1996-yilda katta muvaffaqiyatga erishgan film qo‘rqinchli janrning qayta jonlanishiga turtki berdi. Mazkur film oltita sikvel va bitta spin-off serialiga ega bo‘ldi. “Scream”ning muvaffaqiyati Williamsonni davrning eng sermahsul ssenariynavislaridan biriga aylantirdi. Uning eng mashhur loyihalari qatoriga “I Know What You Did Last Summer” (1997), “The Faculty” (1998) va o‘z hayoti taassurotlari asosida yaratilgan olti faslli “Dawson’s Creek” (1998) seriali kiradi. 1999-yilda “Teaching Mrs Tingle” qora komediyasi bilan rejissorlik debyutini qilgan. Shuningdek, “The Vampire Diaries” (2009), “The Following” (2013) kabi seriallar va “Cursed” (2005) filmi ustida ishlagan. 2026-yilda “Scream 7” filmining hammuallifi va rejissori sifatida franshizaga qaytdi.




