
Kerri Green
Biografiya
Kerri Lee Green 1967-yilda Nyu-Jersi shtatida tug'ilgan. 1984-yilda tasodifan Nyu-Yorkdagi kinoprobalarga borib, Steven Spielbergning e’tiboriga tushadi va Richard Donnerning “The Goonies” (1985) sarguzasht filmida Andy rolini ijro etadi. O'sha yili “Summer Rental” filmida suratga tushadi. Aktrisa o'zining eng yorqin ijrosini David Seltzerning “Lucas” (1986) filmida Maggie roli orqali namoyish etgan. Keyinchalik “Three for the Road” (1987) filmida Charlie Sheen bilan birga o'ynaydi. Mazkur loyihadan so'ng Kerri aktyorlik faoliyatini to'xtatib, Vassar kollejida san’at yo'nalishida tahsil oladi. 1993-yilda “Blue Flame” telefilmi orqali ekranga qaytadi. 1999-yilda rejissyor sifatida “Bellyfruit” filmi uchun tanqidchilar olqishiga sazovor bo'lgan.
Filmografiya (2)
Maggie

