
Biografiya
Asl ismi Nurhan Tüzünkan bo'lgan Kemal Kan 1929-yilda Istanbulda tug'ilgan. Istanbul Erkek litseyi, Huquq fakulteti va munitsipalitet konservatoriyasining teatr bo'limini bitirgan. Talabalik yillarida Sariyer va Eminönü markazlarida sahnaga chiqqan. 1952-yilda Nuri Akinchining „Beyoglu Esrari“ filmida rejissyor yordamchisi sifatida kino olamiga kirib kelgan. 1955-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan, 1960-yilda „Zalim Kader“ filmi bilan rejissyorlikka o'tgan. 1967-yilda „Ne-Ka Film“ kompaniyasini tuzib, produserlik va rejissyorlikni birga olib borgan. Ko'plab filmlarining ssenariysini o'zi yozgan. 1980-yillarning oxirigacha faoliyat yuritgan ijodkor 1997-yilda Istanbulda vafot etgan.

