
Biografiya
Kazım Öz — nufuzli mukofotlar sovrindori bo'lgan kurd millatiga mansub rejissor, ssenariynavis va prodyuser. U ijod faoliyatini kurd teatridan boshlagan. 1990-yillarda Mesopotamiya madaniyat markaziga qarashli Yapım 13 kinokompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Uning „Ax“ (Yer, 1999) qisqa metrajli filmi xalqaro kinofestivallarda ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan. O'zining ilk „Photograph“ nomli to'liq metrajli badiiy filmini 2002 yilda suratga olgan.


