
Biografiya
Kang So-ra — janubiy koreyalik aktrisa. Aktyorlik debyutini 2009-yilda «4th Period Mystery» trillerida amalga oshirgan bo'lsa-da, 2011-yilgi «Sunny» filmi orqali katta shuhrat qozongan. Keyinchalik «Dream High 2» va «Ugly Alert» seriallarida bosh rollarni ijro etgan. «We Got Married» realiti-shousida Super Junior a'zosi Leeteuk bilan «turmush qurgan» juftlik sifatida ishtirok etgan. 2014-yildagi «Doctor Stranger» va «Misaeng: Incomplete Life» seriallari uning muvaffaqiyatini yanada mustahkamladi. Keyingi yillarda «Warm and Cozy», «My Lawyer, Mr. Jo» va «Revolutionary Love» kabi loyihalarda suratga tushgan. 2019-yilda «Uhm Bok-dong» filmi bilan katta ekranga qaytdi. 2020-yilda «Secret Zoo» komediyasida sher qiyofasiga kirgan veterinarni va «Rain And Your Story» melodramasida bosh rollarni ijro etdi.
Filmografiya (2)
Oh Soo-hyun
Young Choon-hwa

