Kamara Kamalova
Rejissyor

Kamara Kamalova

9-dekabr 1938 · 87 yosh Bukhara, Uzbekistan

Biografiya

Kamara Kamalova (1938-yil 9-dekabr) — oʻzbek kinoijodkori. Moskva davlat universitetida fizika fakultetida tahsil olgach, Butunittifoq davlat kinematografiya institutiga (VGIK) oʻqishga kirgan. 1964-yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, «Oʻzbekfilm» studiyasida multiplikatsion filmlar yaratish bilan shugʻullangan. 1975-yilda «Achchiq danak» badiiy filmi bilan katta kinoga kirib kelgan. Uning ijodi asosan bolalar dunyosi, oʻsmirlik va ilk muhabbat mavzulariga bagʻishlangan.