
Justin Roiland
Biografiya
Mark Justin Roiland (1980-yil 21-fevralda tug‘ilgan) — amerikalik ovoz aktyori, animator, ssenariynavis va prodyuser. U Adult Swim telekanalining "Rick and Morty" animatsion sitkomi hammuallifi bo‘lib, 2013-yildan 2022-yilgacha undagi bosh qahramonlar — Rik Sanches va Morti Smitga ovoz bergan. Shuningdek, Hulu telekanalining "Solar Opposites" loyihasidagi Korvo qahramoniga ham 2020–2022-yillarda ovoz bergan (har ikki tarmoq 2023-yilda u bilan hamkorlikni to‘xtatgan). U "Adventure Time" filimidagi Lemongrab grafi, "Gravity Falls"dagi Blendin Blandin va "Fish Hooks"dagi Oskar qahramonlarini ham ovozlashtirgan. U Justin Roiland's Solo Vanity Card Productions! animatsiya studiyasi hamda Squanch Games videoo‘yinlar studiyasiga asos solgan, biroq 2023-yilda oxirgi studiyadagi lavozimidan iste'foga chiqqan. 2023-yil boshida Roiland maishiy zo‘ravonlikda ayblanib, o‘zi ishlagan ko‘plab kompaniyalardan chetlatildi. Keyinchalik dalillar yetarli emasligi sababli ayblovlar olib tashlandi, biroq 2023-yil sentabr oyida unga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha yangi da'volar bildirildi.
Filmografiya (2)
Rick Sanchez / Morty Smith (voice)
Earl of Lemongrab (voice)

