
Biografiya
John Stockwell (1961-yil, 25-mart) — amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser, ssenariynavis va sobiq model. Texas shtatining Galveston shahrida tug'ilgan. Aktyor sifatidagi ilk katta roli 1981-yildagi "So Fine" filmiga to'g'ri keladi. U 1983-yildagi "Losin' It" komediyasida Spider, xuddi shu yili John Carpenterni "Christine" filmida Dennis Guilder va 1985-yilda "My Science Project" komediyasida Michael Harlan obrazlarini gavdalantirgan. 1986-yilda "Top Gun" filmida Cougar rolida ko'rinish bergan. "The Young Riders" va "Friday the 13th: The Series" kabi teleseriallarda epizodik rollarni ijro etgan. Faoliyatining dastlabki bosqichida xalqaro model sifatida ishlagan va ko'p vaqtini Italiyada o'tkazgan. Shu davrda Andy Warhol bilan do'stlashgan va uning "The Warhol Diaries" xotiralarida ko'p tilga olingan. Keyinchalik "Cheaters" (2000), "Crazy/Beautiful" (2001), "Blue Crush" (2002), "Into the Blue" (2005), "Turistas" (2006) va "Heart" (2009) kabi filmlarga rejissyorlik qilgan.







