
Joe Keery
Biografiya
Joseph David Keery (Djo taxallusi bilan ham tanilgan) — amerikalik aktyor, qo'shiqchi va sozanda. U asosan Netflix'ning ilmiy-fantastik «Stranger Things» (2016–2025) serialidagi Stiv Xarrinqton roli bilan xalqaro miqyosda tanilgan. Shuningdek, u «Spree» (2020), «Free Guy» (2021) filmlari hamda «Fargo» (2023–2024) serialining beshinchi mavsumida suratga tushgan. Musiqachi sifatida Keery Post Animal psixedelik rok guruhining asoschilaridan biri bo'lgan. 2018 yilda aktyorlik faoliyati tufayli guruhni tark etgan. 2019 yilda Djo taxallusi ostida o'zining debyut «Twenty Twenty» nomli yakkaxon albomini chiqargan. Uning «Decide» (2022) deb nomlangan ikkinchi albomiga kiritilgan «End of Beginning» treki 2014 yilda TikTok'da ommalashib, Billboard Hot 100 chartiga kirgan. Djo o'ning uchinchi — «The Crux» albomini 2025 yilda taqdim etdi va shu yili Post Animal guruhiga qaytib, Back on You World Tour gastrol safarida qatnashdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (5)
Teacake
Kurt Kunkle
Duke Goolies
Steve Harrington




