
Biografiya
Jill Hsu (asli ismi Syuy Szyitszin) — tayvanlik qo‘shiqchi va aktrisa. Faoliyatini xonanda sifatida boshlab, keyinchalik aktrisalikka o‘tgan. 2002-yilda o‘zi yozgan "I Wanna be with you" taronasini taqdim etgan. 2003-yilda "Dolphin Bay Lovers" dramasi orqali aktrisa sifatida mashhur bo‘ldi, unda u salbiy qahramon Shen Man tsin obrazini gavdalantirgan. Shundan so‘ng "Women Are Not Bad" nomli ikkinchi albomini chiqargan.
