
Biografiya
Jessica M. Thompson — "Emmy" mukofotiga nomzod bo‘lgan kinorejissyor. U o‘zining stsenariychi va rejissyor sifatidagi ilk full-lenth (to‘liq metrajli) debyuti — "The Light of the Moon" filmi bilan SXSW festivalida "Eng yaxshi badiiy film uchun tomoshabinlar mukofoti"ni qo‘lga kiritgan. Bosh rolni Stefani Beatriz ("Brooklyn Nine-Nine", "In The Heights", "Encanto") ijro etgan ushbu film Nyu-York va Los-Anjeles kinoteatrlarida cheklangan miqyosda namoyish etilib, barcha chiptalar sotib yuborilgan va Rotten Tomatoes portalida 97% ijobiy baho olgan. Tanqidchilar filmni "ta’sirli va o‘ta jiddiy" (Variety), "nozik, samimiy va murakkab" (The Hollywood Reporter) deb ta’riflagan bo‘lsa, Film Inquiry nashri shunday yozgan edi: "Har qanday rejissyor uchun bu mutlaq g‘alaba bo‘lardi, lekin debyutant uchun bu chinakam kashfiyot." Uning ikkinchi rejissyorlik ishi — Sony Pictures studiyasining gotik-trilleri "The Invitation" 2022-yil 26-avgustda butun dunyo bo‘ylab kinoteatrlarda namoyish etildi. Film prokatda 1-o‘rinni egalladi, keyinchalik Netflix platformasiga chiqarilganda esa 2-o‘ringa ko‘tarilib, ikki hafta ichida 12 milliondan ortiq tomoshabin e’tiboriga tushdi. Shuningdek, Jess "Oskar" mukofoti sovrindori See-Saw Films ("The Power of the Dog", "Heartstopper", "The King's Speech") produserlik kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Showtime/Sky tarmog‘ining "The End" serialida bosh rejissyor sifatida ishlagan. Mazkur serial The Guardian va The Times nashrlari tomonidan eng yuqori — besh yulduzli baholarga sazovor bo‘lgan.
