
Jessica Chastain
Biografiya
Jessika Mishel Chesteyn (1977-yil 24-martda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va kino prodyuser. Fenzim mavzuidagi filmlardagi rollari bilan tanilgan aktrisa "Oskar", "Oltin globus" mukofotlari hamda ikkita BAFTA mukofoti nomzodligini qoʻlga kiritgan. Time jurnali 2012-yilda uni dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb eʼlon qilgan. Kaliforniyaning Sakramento shahrida tugʻilib oʻsgan Chesteyn bolaligidanoq aktyorlikka qiziqish bildirgan. 1998-yilda u Shekspirning Julyetta roli bilan professional sahna debyutini qilgan. Juilliard maktabida aktyorlik sanʼatini oʻrgach, u televideniye prodyuseri Jon Uells bilan shartnoma imzolagan. U "Law & Order: Trial by Jury" kabi bir nechta teleseriallarda takrorlanuvchi qahramon rolini ijro etgan. Shuningdek, u 2004-yilda Anton Chexovning "Olchazor" va 2006-yilda Oskar Uayldning " Salome" tragediyasining sahna koʻrinishlarida qatnashgan. Chesteyn oʻzining kinodagi debyutini "Jolene" (2008) dramasida amalga oshirgan hamda "Take Shelter" (2011) va "The Tree of Life" (2011) dramalaridagi bosh rollari bilan keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. Uning "The Help" (2011) filmidagi intiluvchan zodagon ayol roli unga "Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa" nominatsiyasida Oskar mukofoti nomzodligini keltirdi. 2012-yilda u "Zero Dark Thirty" trilleridagi MXX tahlilchisi rolini oʻynagani uchun "Oltin globus" mukofotini qoʻlga kiritdi va "Eng yaxshi aktrisa" yoʻnalishida Oskar mukofotiga nomzod boʻldi. Oʻsha yili Chesteyn "The Heiress" pyesasining yangi talqinida Brodvey debyutini oʻtkazdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (26)
Ursula / Other Mommy
Jennifer McCarthy
Mason 'Mace' Brown
Amy Loughren
Jo Henninger
Tammy Faye Bakker
Molly Bloom
Antonina Żabińska
Madeline Elizabeth Sloane
Melissa Lewis
Lady Lucille Sharpe
Anna Morales
Miss Julie
Annabel
Gia (voice)
Maggie Beauford
Celia Foote
Mrs. O'Brien
Samantha LaForche

























