
Biografiya
Jesadaporn Pholdee (yoxud Tik Jesadaporn, 1977-yil 5-iyun, Bangkok) — tailandlik aktyor, model va teleboshlovchi. Bangkokdagi Tailand Savdo palatasi universitetini muhandislik yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. Karyerasini televizion reklamalarda suratga tushishdan boshlagan. 1997-yili "Dang Bireley's and Young Gangsters" filmidagi debyut roli unga katta shuhrat va "Blockbuster Thailand Entertainment Award" mukofotini taqdim etgan. Shundan so'ng u "The Iron Ladies" (2000), "Kaew Tah Pee" (2006) va "The Eye 2" kabi ko'plab loyihalarda rol o'ynagan. 2003-yilda so'rovnomalarga ko'ra "Tailandning eng kelishgan erkagi" deb topilgan. Yaqinda "Love Rhythm" sitkomi orqali ekranga qaytdi.



