
Jason Momoa
Biografiya
Joseph Jason Namakaeha Momoa (1979-yil 1-avgustda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va kinoijodkor. U oʻzining aktyorlik debyutini "Baywatch: Hawaii" (1999–2001) jangari serialidagi Jason Ioane roli bilan boshlagan. Shundan soʻng Syfy telekanalining "Stargate Atlantis" (2005–2009) serialida Ronon Dex, HBO telekanalining "Taxtlar oʻyini" (2011–2012) fantastik dramasining ilk ikki mavsumida Khal Drogo, Discovery Channelʼning "Frontier" (2016–2018) tarixiy dramasida Declan Harp hamda Apple TV+ telekanalining "See" (2019–hozirgacha) fantastik serialida Baba Voss rollarini oʻynagan. Momoa soʻnggi ikki serialning bosh qahramonini gavdalantirgan. 2016-yildan beri Momoa DC Koinotida (DCEU) Arthur Curry / Aquaman rolini ijro etib kelmoqda, jumladan, 2018-yilgi oʻz nomidagi filmda va uning 2023-yildagi davomida bosh rolni oʻynagan. Shuningdek, u 2021-yilda ekran yuzini koʻrgan "Dune" ilmiy-fantastik romanining ekranizatsiyasida Duncan Idaho rolini ijro etgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (22)
Jonny Hale
Garrett
Flip the Creature
Duncan Idaho
Aquaman / Arthur Curry
Ray Cooper
Baba Voss
Arthur Curry / Aquaman
Joe Braven
Aquaman / Arthur Curry
Miami Man
Declan Harp
Connor
Keegan





















