
Jacques François
Biografiya
Henri Jacques Daniel Paul François (1920-yil 16-may — 2003-yil 25-noyabr), Jacques François nomi bilan tanilgan — fransuz aktyori. Oltmish yillik faoliyati davomida (1942–2002) u 120 dan ortiq filmda va 30 dan ziyod sahna asarlarida rol oʻynagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida u general de Lattre qoʻmostonligi ostidagi Birinchi fransuz armiyasida kapitan unvoni bilan xizmat qilgan. 1948-yilda u “Letter from an Unknown Woman” (Max Ophüls, 1948) filmida bosh rolni ijro etish niyatida Hollywoodga borgan, biroq bu rol Louis Jourdanga nasib etgan. Fred Astaire va Ginger Rogers bilan birgalikda “The Barkleys of Broadway” (1949) filmida dramaturg Jacques Pierre Barredout rolini oʻynagach, Fransiyaga qaytib kelgan. François Gregory Peckning filmlardagi rollarini fransuz tiliga muntazam ravishda dublyaj qilgan.
Filmografiya (2)
2nd client
Le préfet

