
Ilona Staller
Biografiya
Ilona Staller (1951 yil 26 noyabrda tug'ilgan), asosan Cicciolina sahna nomi bilan tanilgan — vengriyalik italiyalik pornoyulduz, siyosatchi va qo'shiqchi. Staller parlament a'zosi bo'lgan paytlarida ham qattiq mazmundagi pornofilmlarda suratga tushishni davom ettirgan. U siyosiy nutqlarini bir ko'kragini ochgan holda so'zlashi bilan mashhur. Turmush qurish evaziga Italiya fuqaroligini olib, shu yerda yashab qolgan Staller 1970-yillarning boshlarida pornoaktyor Riccardo Schicchi bilan tanishadi va 1973 yildan boshlab Radio Lunadagi “Voulez-vous coucher avec moi?” nomli radioshousi tufayli shuhrat qozonadi. Ushbu dastur uchun u Cicciolina taxalluzini oladi. U o'zining erkak muxlislarini, keyinchalik esa Italiya parlamentining erkak a'zolarini “cicciolini”, erkin tarjima qilganda “kichik yoqimtoy bo'bichalar” deb atagan. Garchi u 1970 yildan boshlab bir nechta filmlarda chiqqan bo'lsa-da, o'zining ismi bilan ilk debyutini 1975 yilda Gloria Guidaning lesbiyan sinfdoshi rolini o'ynagan “La liceale” (aka The Teasers) filmida qilgan. 1978 yilda RAI telekanalining “C'era due volte” ko'rsatuvida uning ko'kragi Italiya televideniyesida ilk bor jonli efirda namoyish etilgan. Staller o'zining ilk qattiq mazmundagi pornofilmi — “Telefono rosso” (Qizil telefon)da 1983 yilda suratga tushgan. U filmni Schicchining Diva Futura kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqargan. Uning xotiralari 1987 yilda Milanning Olympia Press nashriyoti tomonidan “Confessioni erotiche di Cicciolina” (Cicciolinaning erotik e'tiroflari) nomi bilan nashr etilgan. O'sha yili u John Holmes bilan birgalikda “Carne bollente” (Qo'shma Shtatlarda “The Rise and Fall of the Roman Empress” nomi bilan tanilgan) filmida bosh rolni ijro etgan.


