İlker Çatak
Rejissyor

İlker Çatak

11-yanvar 1984 · 42 yosh Berlin, Germany

Biografiya

Ilker Chatak (1984-yil, 11-yanvar, Berlin) – turk-olmon rejissyori. Bolaligi Istanbulda o'tgan, Berlin va Gamburgda kinorejissyorlik bo'yicha tahsil olib, 2014-yilda Gamburg Media maktabini tamomlagan. Uning bitiruv ishi – "SADAKAT" filmi 2015-yilda "Talaba Oskar mukofoti" (oltin)ga sazovor bo'lgunga qadar ko'plab xalqaro mukofotlarni qo'lga kiritgan. Ilkerning ilk to'liq metrajli filmi "ONCE UPON A TIME INDIANERLAND" 2017-yilda, ikkinchisi "I WAS, I AM, I WILL BE" (2019) esa Germaniya kino mukofotida "Bronza Lola"ga loyiq ko'rilgan. Uning 2021-yilda ekran yuzini ko'rgan "STAMBUL GARDEN" filmi ham Germaniya kino mukofotlarida e'tirof etilgan. Shuningdek, "TATORT" serialining ayrim epizodlariga rejissyorlik qilgan. Uning "THE TEACHERS' LOUNGE" filmi 73-Berlin kinofestivalida premyera qilinib, 2023-yil may oyida kinoteatrlarga chiqarilgan.

Filmografiya (2)