
Humaima Malick
Biografiya
Humaima Malick 1987-yil 18-noyabrda Kvetta shahrida tug'ilgan. Uni o'n to'rt yoshida Saqib Malik kashf etib, Fair&Lovely brendining umummilliy reklama kampaniyasiga taklif qilgan va shundan so'ng uning muvaffaqiyatli karyerasi boshlangan. Humaima juda yosh vaktida shuhrat qozongan va uning omadi kelib, Pepsi kabi mashhur brendlarning reklama yuzasiga aylangan (u bu brend uchun reklama suratga tushgan eng yosh aktrisa bo'lgan). Shuningdek, Telenor reklamasida bosh rolni ijro etgan. Karyerasini yirik brendlar reklamalaridan boshlagan Humaima Sunsilk va Lux kabi terini parvarish qilish va go'zallik mahsulotlari bilan hamkorlik qilgan. U bir muncha vaqt Pokistonning «Lux qizi» maqomida bo'lgan (Lux brendi Pokiston jamiyatidagi go'zal ayollar bilan hamkorligi bilan tanilgan). Bundan tashqari, u Samsung Galaxy seriyasining brend-elchisi bo'lgan. Humaima Malick hozircha Samsung va Huawei kabi ikkita nufuzli mobil kompaniyaning brend-elchisi bo'lishga erishgan yagona pokistonlik aktrisa hisoblanadi. Humaima jiddiy aktrisalik sari qadamni «Ishq Junoon Dewanagi» va «Akbari Asghari» seriallarida bosh rollarni ijro etish orqali tashlagan. Ushbu seriallar uning nomini elga tanitib, mahoratini oshirishga xizmat qilgan, biroq unga xalqaro miqyosda tanqidchilar e'tirofi va shuhrat Shoaib Mansoorning «Bol» filmi orqali kelgan. Bu uning eng sevimli va e'tirof etilgan roli bo'lib, u Zaynib obrazini mahorat bilan yaratgan hamda shunchaki chiroyli qiyofa emas, balki jiddiy aktrisa ekanini isbotlagan.
Filmografiya (4)
Asghari (Sara)
Pares Usmani



