
Hermína Týrlová
Biografiya
Hermina Tirlova — mashhur chex animatori, ssenariychi va kinoijodkor. Ko‘pchilik uni chex animatsiyasining onasi deb ataydi. Karyerasi davomida u qo‘g‘irchoq va stop-kadr (stop-motion) animasiya texnikasidan foydalangan holda bolalar uchun 60 dan ortiq qisqa metrajli animatsion film yaratgan. Markaziy Bohemiyaning Březové Hory shahrida tug‘ilgan Hermina qo‘g‘irchoq yasash sirlarini duradgor bo‘lib ishlagan va yog‘ochdan kichik figuralar yasaydigan otasidan o‘rgangan. O‘smirlik yoshida u vavidel shoularida aktrisa, qo‘shiqchi va raqqosa sifatida tirikchilik qilish uchun Pragaga ko‘chib o‘tgan. Shuningdek, u bolalar jurnallari uchun hikoyalar yozib, ularga rasmlar chizgan. 1925-yilda Studio AB’ga ishga kirib, u yerda bo‘lmish turmush o‘rtog‘i Karel Dodal bilan tanishgan. Studiya Elektrajournal va IRE-Film kabi reklama kompaniyalari uchun animatsion videolar tayyorlagan. Dodal va Tirlova birgalikda 5 ta reklama animasiyasini yaratishdi, 1935-yilda esa Chexoslovakiyadagi ilk tijoriy qo‘g‘irchoq animatsion filmi bo‘lgan "Tajemství Lucerny" ("Fonar siri") kartinasini birgalikda suratga olishdi. 1939-yilda Chexoslovakiya nemislar tomonidan bosib olingandan so‘ng, Karel Dodal dastlab AQShga, keyinchalik Argentinaga emigratsiyaga ketdi. Tirlova esa Chexoslovakiyada qolishni afzal bildi. 1941-yilda u Sharqiy Moraviyadagi Zlin shahriga ko‘chib o‘tib, Bata Studios’da Ladislav Kolda bilan hamkorlik qila boshladi va umrining oxirigacha shu yerda qoldi. 1944 yilda u butun dunyoga mashhur bo‘lgan "Ferda Mravenec" ("Mirzo chumchuq") qisqa metrajli animatsiyasini taqdim etdi. Bosh qahramonning asl qo‘g‘irchog‘i bugungi kunda Ispaniyaning Figeres shahridagi O‘yinchoqlar muzeyida saqlanmoqda. 1947-yilda esa u "Vzpoura Hracek" ("O‘yinchoqlar qo‘zg‘oloni") filmini birgalikda suratga oldi.
